locale OZ

Surxondaryodagi sport infratuzilmalari holati o‘rganilmoqda

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi sport obyektlari, jumladan, yaqinda rekonstruksiya qilingan suzish havzasining holati bilan tanishildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surxondaryodagi sport infratuzilmalari holati o‘rganilmoqda
photo: sport vazirligi

Hududlarda sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sport obyektlarida sportchi va murabbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish maqsadida vazir o‘rinbosari Murad Ismailov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dastlab, vazir o‘rinbosari Termiz shahridagi o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati bilan tanishib, mavjud sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng, Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi sport obyektlari, jumladan, yaqinda rekonstruksiya qilingan suzish havzasining holati bilan tanishildi.

Shuningdek, xizmat safari davomida Termiz shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilinayotgan suzish havzasi basseynidagi qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni ham ko‘rib chiqildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting