locale OZ

Surxondaryoda o‘quvchi-sportchilarning psixologik tayyorgarlik darajasi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati og‘ir atletika bo‘limi tashabbusi bilan o‘quvchi-sportchilarning psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surxondaryoda o‘quvchi-sportchilarning psixologik tayyorgarlik darajasi o‘rganildi
photo: Og'ir atletika

Surxondaryo viloyati og‘ir atletika bo‘limi tashabbusi bilan o‘quvchi-sportchilarning psixologik tayyorgarlik darajasini aniqlash yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Jarayonda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari mobil laboratoriya yordamida og‘ir atletikachi sportchilarning psixo-fiziologik holati, shuningdek, mashg‘ulot jarayonidagi yuklamaning shiddati va hajmini atroflicha o‘rganishdi.

Tadqiqot davomida og‘ir atletika murabbiylari bilan hamkorlikda sportchilarni musobaqalarga yanada samarali tayyorlashga qaratilgan yangi metodik yondashuvlar muhokama qilinib, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting