locale OZ

Surxondaryo viloyatidagi 723 ta mahallaga sport jihozlari tantanali ravishda topshirildi

Tadbirda sportchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surxondaryo viloyatidagi 723 ta mahallaga sport jihozlari tantanali ravishda topshirildi
Фото: Sport vazirligi

Termiz shahridagi "Kurash" sport majmuasida joriy yilda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari oldidan viloyatdagi barcha mahalla yoshlari yetakchilariga sport anjomlarini topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali tadbirda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari Sanjar Nuriyev tomonidan musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahalladan kashf etilishiga ishonch bildirildi.

Tadbirda sportchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Sport vazirligi tomonidan to'plardan iborat sport jihozlari hamda shaxmat kitoblari qo’llanmasi 723 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilariga taqdim etildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting