locale OZ

Surdlimpiya o‘yinlarida tarixiy natija qayd etildi

Go‘zal Eshmirzayeva taekvondo bo‘yicha bellashuvlarda g‘olib bo‘lib, O‘zbekistonga Surdlimpiya o‘yinlarining birinchi oltin medalini olib keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Surdlimpiya o‘yinlarida tarixiy natija qayd etildi
Photo: Para Olimpiyada

Joriy yil 13-26-noyabr kunlari Tokioda bo‘lib o‘tgan XXV Surdlimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol, taekvondo, dzyudo, stol tennisi sport turlari bo'yicha ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-son (https://lex.uz/docs/-7215989) qaroriga asosan nogironligi boʻlgan shaxslarning sport bilan muntazam shugʻullanishini tizimli yoʻlga qoʻyish natijasida Surdlimpiya o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija, 9 ta medal shundan, 1 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza qo‘lga kiritildi.

Medallar tahlili:

Guzal Eshmirzayeva — oltin
Maftuna Abdiyusupova — kumush
Dilbar Tojiboyeva — kumush
Shaxrizoda Nuriddinova — kumush
Xojiakbar Xakimov — kumush
Shoxruz Abduraxmonov — bronza
Robiya Miraskarova — bronza
Utkir Turdaliyev — bronza
Asad Turdiboyev va Robiya Miraskarova — bronza (juftlik)

Go‘zal Eshmirzayeva taekvondo bo‘yicha bellashuvlarda g‘olib bo‘lib, O‘zbekistonga Surdlimpiya o‘yinlarining birinchi oltin medalini olib keldi.

Eng yaxshi natija 3 ta bronza medali bo‘lib, 2022-yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan oldingi Surdlimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting