Stenddan otish. Doxada o'tayotgan Osiyo chempionatida O'zbekiston jamoasi a’zolari jami 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 10-21 yanvar kunlari Qatarning Doxa shahrida stenddan otish sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: sport vazirligi
Joriy yilning 10-21 yanvar kunlari Qatarning Doxa shahrida stenddan otish sport turi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Osiyo chempionatida 17 ta davlatdan 196 nafar sportchilar ishtirok etayotgan bo‘lib, milliy terma jamoamiz a’zolari jami 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Xususan, trap yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Oxunjon Abduqodirov oltin, trap yo‘nalishi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Yaroslava Eshtayeva kumush, trap yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shoxrux Sadirovlar umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor