locale OZ

Sportning voleybol turi boʻyicha  Toshkent shahar kubogi final musobaqasi oʻtkazildi

Ushbu musobaqada 3 kun davomida 300 nafar oʻgʻil va qiz bolalar ishtirok etib gʻoliblik uchun baxs olib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sportning voleybol turi boʻyicha  Toshkent shahar kubogi final musobaqasi oʻtkazildi
Photo: tashcitysport

Jar sport sogʻlomlashtirish markazida U-18 oʻsmirlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar kubogi-2025 musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada 3 kun davomida 300 nafar oʻgʻil va qiz bolalar ishtirok etib gʻoliblik uchun baxs olib bordi. Final uchrashuvlari murosasiz kurashlar, chiroyli kombinatsiyalar va sport ruhiga to‘la tarzda o‘tdi.

Yakuniy natijalarga koʻra:
Oʻgil bolalar:
I-oʻrin Chilonzor tumani;
II-oʻrin Mirzo Ulugʻbek;
III-oʻrin Mirobod tumani.

Qiz bolalar:
I-oʻrin Mirzo Ulugʻbel tumani;
II-oʻrin Yunusobod tumani;
III-oʻrin Chilonzor tumani.

Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Musobaqa yoshlarimizni sportga oshno etish, Toshkent shahrida voleybol sportini yanada ommalashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting