locale OZ

Sport vazirligining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vazirligining kengaytirilgan hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi
Photo: OlympicUz

Bugun Sport vazirligining birinchi yarim yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan hay'at yig'ilishi o'tkazildi. Unda ortda qolgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ustuvor rejalar belgilab olindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti direktori Odil Abdurahmonov, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, sport federatsiya va assotsiatsiyalarining mas'ullari ham ishtirok etishdi.

Anjuman davomida MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarining tayyorgarligini har tomonlama puxta tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar haqida gapirdi.

Shuningdek, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining mintaqaviy bosqichi yakunlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Tadbir davomida 2025 yilda bo‘lib o‘tadigan nufuzli kompleks musobaqalarga milliy terma jamoalarning tayyorgarligini tashkil etish va kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting