locale OZ

Sport vazirligida «Prezident olimpiadasi» musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Sportchilarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vazirligida «Prezident olimpiadasi» musobaqalariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Фото: Olympic.uz

Bugun Sport vazirligida “Prezident olimpiadasi” musobaqalarini samarali tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik rahbariyati, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida musobaqalarning tashkiliy-texnik jihatlari, ishtirokchilarni joylashtirish tizimi, arenalarda infratuzilmani tayyorlash, xavfsizlik va tibbiy ta’minot masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, volontyorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda sportchilarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting