locale OZ

Sport vazirligi va antidoping agentligi xodimlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport vazirligi va antidoping agentligi xodimlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi
FOTO: Olympic.uz

Bugun Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo'minjonov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida qayd etilgan ustuvor yo'nalishlar hamda «O'zbekiston-2030» harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Seminar davomida vazirlik mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasidan kelib chiqib tayyorlangan tarqatma materiallar taqdim etilib, murojaatnomada sohaga oid belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tushuntirishlar berib o'tildi.

Bundan tashqari «O'zbekiston-2030» harakatlar strategiyasining sport yo'nalishida belgilanayotgan kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, loyihani takomillashtirish yuzasidan takliflar eshitildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting