locale OZ

Sport tashkilotlari rahbariyati bir davrada jam bo‘lishdi

Muloqotlar davomida sport sohasida o‘zaro tajriba almashishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sport tashkilotlari rahbariyati bir davrada jam bo‘lishdi
Фото: МОҚ

Riyod-2025 VI Islom birdamligi o‘yinlariga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi rahbariyati musobaqa doirasida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida bir qator nufuzli sport tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi (ISSA) prezidenti, Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbari Shahzoda Abdulaziz bin Turki al Faysal, qolaversa, Butunjahon taekvondo WT federatsiyasi prezidenti Chung Won Choi, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, World Boxing prezidenti Boris van der Vorst, Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Qatar Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari, Afrika Olimpiya qo‘mitalari prezidenti Mustafa Berraf, Osiyo dzudo federatsiyasi prezidenti Obaid Al Anzi, ISSAga a’zo MOQlarning mutasaddi rahbarlari, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zolari va boshqa ko‘plab tashkilotlar mutasaddilari bilan kechgan uchrashuvlar shular jumlasidan.

Muloqotlar davomida sport sohasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro miqyosdagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvlar samimiy ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish istagini bildirishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting