Sonnen: Makhachev murakkab tanlov oldida qoldi
UFC yulduzi vazn almashtirish ortidan qiyin qaror qabul qilishi mumkin
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
UFC chempionligi uchun sobiq da’vogar Cheyl Sonnenning ta’kidlashicha, Islam Makhachev vazn toifasini o‘zgartirgach, noqulay vaziyatga tushib qoldi.
“Islam hozir juda og‘ir holatda. Agar u yutqazsa, qayta yengil vaznga tushadimi? Ammo u yerda endi boshqa qirol bor. Yoki u yarim o‘rta vazn toifasida yurishni davom ettiradimi? Menimcha, uning jamoasi bu haqda hali o‘ylab ko‘rmagan. Ular faqat g‘alabani ko‘zlashyapti”, — dedi Sonnen o‘zining YouTube-dagi chiqishida.
Bakradze Iman
Redaktor