Sohil voleybolida seleksiya o‘tkazildi
Sohil voleybolida seleksiya o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi Xalqaro Innovatsion Universiteti mezbonligida o‘tkazilgan Sohil voleyboli bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida yosh iste’dodlarni saralashga qaratilgan seleksiya jarayoni ham tashkil etildi
Seleksiya ishlari Nosirov Zokir Nosirovich boshchiligida o‘tkazilib, U-14, U-16, U-18 va U-20 yosh toifalaridagi o‘g‘il va qiz sportchilar orasidan eng iqtidorli sportchilar saralab olindi.
Saralangan sportchilar bilan kelgusida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etiladi hamda bosqichma-bosqich O‘zbekiston sohil voleyboli terma jamoasi shakllantiriladi. Ushbu seleksiya yosh sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash va mamlakat terma jamoasi zaxirasini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi