Sohil voleyboli. O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida
Bunday xalqaro yig‘inlar milliy terma jamoalarimizning salohiyatini oshirish va kelgusi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Joriy yilning 1–19 aprel kunlari Shri-Lanka davlatining Kolombo shahrida sohil voleyboli bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirokida xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur yig‘in davomida sportchilarimiz xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib borib, o‘z mahoratini oshirish, yangi tajribalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro maydonga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy tayyorgarlik, texnik va taktik ko‘nikmalarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday xalqaro yig‘inlar milliy terma jamoalarimizning salohiyatini oshirish va kelgusi nufuzli musobaqalarda munosib ishtirok etishiga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor