Sohil voleyboli bo‘yicha ilk hakamlik va trenerlik seminari yakunlandi
Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan sohil voleyboli bo‘yicha hakamlik va trenerlik seminari yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘z nihoyasiga yetdi. To‘rt kun davom etgan mazkur seminar jarayonida ishtirokchilar sohil voleybolining zamonaviy qoidalari, hakamlik amaliyoti hamda murabbiylik faoliyatiga oid muhim bilim va ko‘nikmalarni egalladilar. Mashg‘ulotlar davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Seminar xalqaro tajriba asosida tashkil etilib, ishtirokchilar uchun katta tajriba almashish maydoniga aylandi. Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur seminar yurtimizda sohil voleybolini rivojlantirish, malakali mutaxassislar safini kengaytirish va sportning ushbu turini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.