Sohil kurash bo'yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o'rtasida O'zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida bo'lib o'tayotgan Sohil kurash bo'yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o'rtasida O'zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirni O'zbekiston kurash federatsiyasining Bosh kotibi Eshonkulov Alisher Panjiyevich ochib berdi va polvonlar yurti bo’lgan Surxondaryo viloyati mezbonlik qilayotgan O’zbekiston chempionati Sohil kurashi dovrug’ini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishi, uning nufuzining oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladi.
Chempionatning ochilish marosimida O’zbekiston madhiyasi yangradi. Ushbu chempionatda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 500 ga yaqin kurashchilar ishtirok etmoqda.