locale OZ

Sohil bo‘yi eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatidan medal!

Musobaqada qit’aning eng kuchli sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sohil bo‘yi eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatidan medal!
photo: suv sporti

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailandning Pattaya shahrida joylashgan Jomtien plyajida sohil bo‘yi eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.


Musobaqada qit’aning eng kuchli sportchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham mazkur musobaqada ishtirok etishdi.

Murakkab va o‘zgaruvchan ob-havo sharoitlari, kuchli shamol hamda dengizdagi to‘lqinlarga qaramay, sportchilarimiz natija qayd etishga muvaffaq bo‘ldilar. Quvonarlisi, U19 yosh toifasida ikki kishilik ekipaj (CM2x) yo‘nalishida hamyurtlarimiz Aziz Nazarov va Odil Boxodirov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting