Sofiyada o'smirlar o'rtasida jahon chempionati boshlandi
Bugun, 27 avgust kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati boshlandi. To‘rt kun davom etadigan musobaqada dunyoning 71 mamlakati vakillari ham yakka kurash, ham aralash jamoaviy bellashuvlarda tatamiga chiqishadi.
Qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ilk bosqichdagi raqiblarini bilib oldi.
Qur’a natijalari:
• -50 kg: Xushnud Sultonov — Dimitrios Gulas (Gretsiya)
• -50 kg: Muhammadqodir Shodmonov — Milan Sabo (Vengriya)
• -55 kg: Xushnud Burxanov — Arsen Elemes (Qozog‘iston)
• -60 kg: Muhammadkarim Nosirov — Samuil Dimitrov (Bolgariya)
• -60 kg: Dilshod Karimov — Yulius Glazer (Germaniya)
• -66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshev — Nikola Xaji-Velkovich (Xorvatiya)
• -73 kg: Sa’dulla Ravshanov — Ali Aljadi (Kuvayt)
• -81 kg: Inomjon Bahodirov — Derrick Thomas (AQSh)
• -90 kg: Musurmonqul Ahraorov — Mayus Petrauskas (Litva)
• +90 kg: Alibek Durdiyev — Abel Sekeres (Vengriya)
O‘smir-qizlar terma jamoasi:
-40 kg: Alina Kolyucheva — Yagmur Yilmazturk (Turkiya)
-40 kg: Dilafruz Boltaboyeva — Giada Tursi (Italiya)
-44 kg: Dinora Hasanova — Jiovanna Imhof (Braziliya)
-48 kg: Gulmira Xolmirzayeva — Sofiya Mazur (Qirg‘iz Respublikasi)
-52 kg: Nigina Umrzokova — Monika Martinez (Ispaniya)
-57 kg: Maftuna Ahmedova — Gil Perri (Isroil)
-57 kg: Gulsanam Hazratova — Miroslava Bondarenko (Kanada)
-63 kg: Zuhrajjon Umarova — Ana Skilevich (Bosniya va Gersegovina)
+70 kg: Zarina Bobonazarova — Mariya Cherkelieva (Bolgariya)
+70 kg: Umida Nighmatova — Astan Sako (Fransiya)