Sofiyada o'smirlar o'rtasida dzyudo bo'yicha Jahon chempionati start olmoqda
27–31 avgust kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘smirlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 72 davlati sportchilari yakka va aralash jamoaviy bellashuvlarda jahon chempionligi unvonlari uchun bahs olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etish maqsadida Sofiyaga yo‘l oldi. Delegatsiya tarkibidan 10 nafar o‘g‘il-qiz va 10 nafar qiz ishtirok etmoqda.
O‘smirlar tarkibi:
-50 kg: Xushnud Sultonov, Muhammadqodir Shodmonov
-55 kg: Xushnud Burxonov
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov, Dilshod Karimov
-66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshev
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+90 kg: Alibek Durdiev
Qizlar tarkibi:
-40 kg: Alina Kolyucheva, Dilafruz Boltaboyeva
-44 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Gulmira Xolmirzayeva
-52 kg: Nigina Umrzokova
-57 kg: Maftuna Ahmedova, Gulsanam Hazratova
-63 kg: Zuhrajxon Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova, Umida Nighmatova
Jamoa bosh murabbiyi – Aurelian Chiprian. Yordamchi murabbiylar: Sharofiddin Lutfullaev, MuhammadYusuf Haydarov, Olmas Guliyev, Gelaniy Ozdaev va Zokirjon Sobirov. Shifokor – Gulzoda Hakimova.