locale OZ

Sobiq UFC jangchisi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sobiq UFC jangchisi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
FОТО: Sky News

Sobiq UFC jangchisi Pierto Menga uyushgan jinoiy guruhda ishtirok etgani uchun 15 yilu 5 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.

37 yoshli jangchi 2024-yilning yanvarida Buyuk Britaniyaning Manchester politsiyasi tomonidan giyohvand moddalar va qurol-yarog' savdosi ishida aybdor deb topib, hibsga olgan.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi o'z qilmishiga iqror bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Menga 2017-yilda UFC jangchisiga aylangandi, biroq bironta ham jangda ishtirok etmagan. U debyut jangida Tim Elliotga qarshi oktagonga ko'tarilishi kerak bo'lgan, biroq vazn meyorini bajara olmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting