locale OZ

Slalomda eshkak eshish. Terma jamoamiz Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Slalomda eshkak eshish. Terma jamoamiz Ispaniyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda
PHOTO: Telegram

Slalomda eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz vakillari Ispaniyadagi navbatdagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida jahon kubogiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Shu kunlarda Ispaniya davlatining La-Seu-d’Urjel shahrida murabbiylar Izzatilla Rahmatullayev, Alibek Temirgaliyev hamda ispaniyalik xalqaro mutaxassis Samuel Xernanz boshchiligidagi 8 nafar slalomchilarimiz jahon kubigining birinchi bosqichiga, Pau shahridagi (Fransiya) ikkinchi bosqichiga, Praga shahridagi (Chexiya) uchinchi bosqichiga o‘z tayyorgarliklarini olib borishmoqda. Eng katta e’tibor – tezlikka, texnikaga va sportchilarning mahoratiga qaratilgan.

Terma jamoamiz a'zolarining ro'yxati:
С-1:
Anvar Klevleev
Abubakir Bukanov
Sherzod Qurbonaliyev

K-1, KMX:
Jonibek Temirgaliyev
Pavel Eygel
Xayotbek Abdullaev
Doniyor Islomov
Samandar Saydullayev

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting