Slalomda eshkak eshish. Anvar Klevleev yarim finalga yo’l oldi
Jahon birinchiligi 4-oktabr sanasida yakunlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Shu kunlarda slalomda eshkak eshish bo’yicha mamalakatimiz terma jamoasi a’zolari jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.
Ushbu jahon birinchiligi Penrit shahrida (Avstraliya) o’tkazilmoqda, dunyoning eng mahoratli eng kuchli slalomchilari 2000-yildagi Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan kanalda g’oliblik uchun bahs olib borishadi.
Muhim startda (K-1) Pavel Eygel hamda (C-1) Anvar Klevleevlar yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.
Anvar Klevleev yarim finalga yo’l oldi.
Jahon birinchiligi 4-oktabr sanasida yakunlanadi.
Olg’a O’zbekiston!!!!
Ibrohim Jalolov
Redaktor