Sirdaryoda zamonaviy stadion foydalanishga topshirildi
Mazkur futbol maydoni jamoaviy sport turlari bo‘yicha viloyat chempionatlari va kuboklarini ham o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani sport maktabi uchun “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy sun’iy futbol maydoni foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish tadbiri katta tantana va sport bayramiga aylandi.
Endilikda ushbu futbol maydonida sportchi-yoshlar futbol, mini-futbol, regbi, chim ustida xokkey kabi jamoaviy sport turlaridan sifatli mashg‘ulot olib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, mazkur futbol maydoni jamoaviy sport turlari bo‘yicha viloyat chempionatlari va kuboklarini ham o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist