locale OZ

Sirdaryo viloyatida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sirdaryo viloyatida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Beshbuloq mahallasida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabi hududida qurilgan streetball va workout sport maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘tgan yili “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining respublika bosqichida kurash sport turi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan Marjona Karimova ushbu sport maydonchasini Beshbuloq mahallasi yoshlari uchun tuhfa qildi.

Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi, Guliston tumani sport maktabi xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar, sportchilar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting