Sibirsev va Myalin Osiyo chempionatida navbatdagi medallarini qoʻlga kiritishdi
Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana 2 medalni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: suv sporti
Hindistonda oʻtayotgan suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana 2 medalni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev bu gal 800 metr masofaga kechgan erkin usulda suzish dasturida kumush medal sohibiga aylangan boʻlsa, Igor Myalin 10 metrli platformadan sakrash yoʻnalishida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor