locale OZ

Shon Striklend Hamzat Chimayevga darhol revansh bermasligini aytdi

Yangi chempion UFC reyting tizimini hurmat qilish kerakligini taʼkidladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shon Striklend Hamzat Chimayevga darhol revansh bermasligini aytdi
FOTO: Getty Images

O‘rta vazn toifasida yangi UFC chempioni Shon Striklend BAA sharafini himoya qiluvchi sobiq chempion Hamzat Chimayev ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (UFC 328), unga darhol revansh berish niyatida emasligini ma’lum qildi.

«Yo‘q, yana o‘sha gap: bir nechta g‘alabaga erish va biz yana ko‘rishamiz. Bu tizim shunday ishlaydi. Men UFC’dagi reyting tizimi katta ahamiyatga ega deb hisoblayman. Ular haqiqatda rol o‘ynashi kerak, aks holda bu sport o‘z qadrini yo‘qotadi. Shunday ekan, shunchaki bir-ikkita jangda g‘alaba qozon — shunda men seni yana kutaman», — dedi Striklend jangdan so‘ng bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik sportchi ushbu bahsda hakamlarning ayri qarori bilan (48-47, 48-47, 47-48) g‘alaba qozondi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting