Shokirov Dilshod Osiyo kubogi doirasida o‘tkaziladigan ot sporti musobaqasida ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
2025-yil 15–18-may kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi doirasidagi CSIJ-B toifasidagi nufuzli xalqaro musobaqada yosh va istiqbolli chavandoz Shokirov Dilshod ishtirok etadi.

U Yaho Sunshine laqabli oti bilan ot sportining konkur yo‘nalishida — (konkur)to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bahs olib boradi.

Shokirov Dilshod — xalqaro maydonda o‘zini namoyon eta olayotgan, bir qator milliy va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etgan tajribali sportchi hisoblanadi.
Musobaqa tafsilotlarini sports24.uzda kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor