Shokhiddin Aliev: «Bu hali boshlanishi, kumushni albatta oltinga aylantiraman»
Shokhiddin Aliev: «Bu hali boshlanishi, kumushni albatta oltinga aylantiraman»
U17 Jahon chempionati kumush medal sovrindori Shokhiddin Aliev musobaqadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Meni qo‘llab-quvvatlab, doim duoda bo‘lib turgan barcha yurtdoshlarimizga chin dildan katta rahmat aytaman. Magomed Ibragimov bilan kelgusi musobaqalarda yana gilamda uchrashamiz, degan umiddaman.
Ushbu kumush medalimni avvalo ota-onamga bag‘ishlayman. Shuningdek, ustozlarim Shaxrom aka hamda ilk murabbiyim Kamol Rizaevga bildirgan mehnatlari va ishonchlari uchun alohida minnatdorlik bildiraman.
Bu hali yo‘limning boshlanishi. Xudo xohlasa, keyingi safar kumush medalni oltinga aylantirish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Inshaalloh»,-dedi sportchi.