Shohjahon Xolmurodov jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi
Toshkent Taekvondo WT boʻyicha dunyo birinchiligiga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Olympic.uz
Taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan yana bir xushxabar. Bugungi bellashuvlarda ham oʻzbekistonlik sportchilar sovrindorlar qatorida joy olishdi.
Yigitlar oʻrtasida -45 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Shohjahon Xolmurodov yarimfinalgacha yetib keldi. Final ostonasida u tailandlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Taqdirlash marosimida MOQ rahbariyati ham qatnashib, sportchini erishgan muvaffaqiyati bilan qutladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist