locale OZ

Shirin shahrida «Prokuror kubogi» musobaqasi o‘tkazildi

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shirin shahrida «Prokuror kubogi» musobaqasi o‘tkazildi
Фото: Сирдарё вилояти спорт бошқармаси

Shirin shahrida shahar prokurori tashabbusi bilan milliy, erkin va yunon-rum kurashi turlari bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

“Sport – sog‘lom hayot garovidir” shiori ostida tashkil etilgan ushbu musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iboratdir.

Musobaqa davomida yosh polvonlar o‘z mahorati, chaqqonligi va irodasini namoyon etib, murosasiz bahslarda g‘alaba uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting