Shaxmat. Vidit Gujrathi musobaqalar jadvalini qisqartirmoqda
Hindiston grossmeysteri Vidit Gujrathi so‘nggi paytlarda shaxmatni juda ko‘p o‘ynagani sababli endi musobaqalarga kamroq qatnashishga ongli ravishda qaror qilganini aytdi. Hozir u Mumbayda o‘tayotgan Global Chess Leagueda Triveni Continental Kings safida o‘ynamoqda, biroq turnirdan keyin ko‘pchilik shaxmatchilar boradigan rapid va blits bo'yicha jahon chempionati (Doha)ga bormasligini bildirgan.
Vidit 2022–2024 yillarda juda tig‘iz rejimda ishlagani (kuniga 14–16 soat) barqaror emasligini ta’kidlab, shaxmatdan biroz chekinib dasturlash bilan ham shug‘ullanganini va professional shaxmatchilar uchun 2 ta shaxmat sayti yaratganini bildirdi. U kelajakda murabbiylik qilishni ham reja qilgan, navbatdagi turniri sifatida esa yanvardagi Tata Steel (Kolkata) tilga olingan.