Shaxmat. Total Chess’ning ilk turniri tarkibi e’lon qilindi
FIDE va Norway Chess 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Total Chess World Championship Tour’ning ilk turniri — Total Chess 2026 Pilot uchun dastlabki 16 nafar ishtirokchini e’lon qildi. Bu yangi birlashgan musobaqa bo‘lib, unda klassik shaxmat, rapid va blitz formatlari jamlanadi.
2026-yilgi turnir rasmiy ravishda sinov loyiha hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — Total Chess World Championship Tour’ning to‘liq konsepsiyasi, formati va reglamentini sinovdan o‘tkazish.
Taklifnoma olgan shaxmatchilar:
1–2. Jahon chempionlari
GM Gukesh Dommaraju — jahon chempioni
GM Ju Venjyun — ayollar o‘rtasidagi jahon chempioni
3–5. 2025-yilgi rapid bo‘yicha jahon chempionati (3 ta o‘rin)
GM Magnus Karlsen
GM Vladislav Artemyev
GM Arjun Erigaisi
6–7. 2025-yilgi blits bo‘yicha jahon chempionati (2 ta o‘rin)
GM Nodirbek Abdusattorov
GM Maksim Vashe-Lagrav (eng past o‘rtacha o‘rin ko‘rsatkichi asosida saralangan)
8–16. Reyting bo‘yicha eng kuchli 9 nafar shaxmatchi
(2026-yil yanvar reytingi asosida)
GM Hikaru Nakamura
GM Fabiano Karuana
GM Vinsent Kaymer
GM Anish Giri
GM Alireza Firuzja
GM Rameshbabu Praggnanandhaa
GM Vey I
Yana ikki o‘rin zaxira mezonlari asosida to‘ldirilgan:
GM Uesli So — birinchi zaxira (eng past o‘rtacha o‘rin ko‘rsatkichi)
GM Vishvanatan Anand — reyting bo‘yicha birinchi zaxira
Keyingi ikki nafar ishtirokchi 2026-yil aprel oyida ma’lum bo‘ladi. Ular FIDE Nomzodlar turniri va Ayollar o‘rtasidagi FIDE Nomzodlar turniri yakunlangach aniqlanadi. Ushbu turnirlar g‘oliblari ham Total Chess turiga yo‘llanma oladi.
Total Chess World Championship Tour 2026 Pilot turniri 2026-yil 3–15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tkaziladigan joylar keyinroq e’lon qilinadi.
Total Chess World Championship Tour’ning to‘liq birinchi mavsumi 2027-yilda start oladi.