Shaxmat. sports World Cup (EWC) 2026: Play-In bosqichi
Esports World Cup (EWC) 2026: Play-In bosqichi!
Esports World Cup musobaqasining Play-In bosqichida 8 nafar shaxmatchi asosiy guruh bosqichining so‘nggi 2 ta yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Play-In ishtirokchilari:
Aravindh Chithambaram
Liem Le
Andrey Esipenko
Parham Maghsoodloo
Vladislav Artemiev
Vey Yi
Oleksandr Bortnyk
Alexander Grischuk
Play-In: Kuchli 2 talikka kirgan shaxmatchilar asosiy guruh bosqichiga yo‘l oladi.
Har bir uchrashuv 2 ta partiyadan iborat bo‘ladi.
Hisob 1-1 bo‘lib qolsa, g‘olib Armageddonda aniqlanadi.
Keyingi bosqich tizimi:
Guruh bosqichi: 16 nafar shaxmatchi (shu jumladan Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura) 8 kishidan 2 ta guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi.
Pley-off: Har bir guruhning top-4 shaxmatchisi (jami 8 kishi) hal qiluvchi Pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi.