Shaxmat. Prezident sovrini uchun IV xalqaro shaxmat turniri yakunlandi
3–12 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan IV xalqaro shaxmat turniri o‘z nihoyasiga yetdi.
Bu yil musobaqada 16 davlatdan 354 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Ular umumiy 80 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib bordilar.
Masters guruhi
Hindiston, Armaniston, Rossiya, Germaniya kabi yirik shaxmat maktablarining yetakchi grossmeysterlari Toshkentda jam bo‘ldi. O‘zbekiston nomidan maydonga tushgan Shamsiddin Vohidov, Abdimalik Abdisalimov va Mukhiddin Madaminov mazkur guruhda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Masters guruhining yakuniy natijalari:
1 Nihal Sarin (Hindiston, 2701) — 7 ochko, 8 000 USD
2 Mukhiddin Madaminov (O‘zbekiston, 2552) — 5 ochko, 6 000 USD
3 Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston, 2641) — 5 ochko, 5 000 USD
Open-A guruhi
1 Abdilxayr Abilmansur (Qozog‘iston, 2378) — 7,5 ochko, 6 000 USD
2 Nguen Kvok-Xi (Vyetnam, 2418) — 7 ochko, 4 000 USD
3 Mahdavi Reza (Eron, 2492) — 7 ochko, 3 000 USD
Open-B guruhi
1 Pardaev Sulton (O‘zbekiston, 1663) — 8 ochko, 3 000 USD
2 Mamatsaloyev Shohjahon (O‘zbekiston, 1818) — 8 ochko, 2 000 USD
3 Belov Andrey (FIDE, 1821) — 7,5 ochko, 1 500 USD