locale OZ

Shaxmat. O‘zbekiston shaxmatining bugungi yutuqlari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi rejalar taqdim etildi

Yangi loyihalar va musobaqalar orqali O‘zbekiston shaxmatining yangi bosqichga chiqishi rejalashtirilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. O‘zbekiston shaxmatining bugungi yutuqlari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi rejalar taqdim etildi
photo: Chess Uzbekistan

Bugun bo‘lib o‘tgan shaxmat rivojiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida O‘zbekiston shaxmatining bugungi yutuqlari alohida e’tirof etildi hamda kelgusi rejalar taqdim etildi.

Avvalo, mamlakatimiz shaxmatchilarining xalqaro maydondagi faolligi yuqori baholanib, bugunga qadar sportchilarimiz 100 ga yaqin jahon va Osiyo chempionatlarida ishtirok etgani ta’kidlandi. Bu natijalar O‘zbekiston shaxmat maktabining barqaror rivojlanayotganidan dalolat ekani qayd etildi.

Shundan so‘ng tizimni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslar e’lon qilindi. Jumladan, 12 yoshdan oshgan, biroq hali asosiy tarkibga kiritilmagan iqtidorli shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash, shaxmatni barcha viloyatlarda tizimli ravishda rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Shuningdek,freestyle formatidagi musobaqa sinov tariqasida o‘tkazilishi va bu yo'nalishda ham o'quv mashg'ulotlariga e'tibor berilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Yangi loyihalar va musobaqalar orqali O‘zbekiston shaxmatining yangi bosqichga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting