Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston ilk bor yutqazdi
Mag‘lubiyatga qaramay, o‘zbekistonlik shaxmatchilar turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekiston ilk bor yutqazdi
Mag‘lubiyatga qaramay, o‘zbekistonlik shaxmatchilar turnir jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda.
Samarqandda shaxmat bo‘yicha butunjahon olimpiadasi davom etmoqda. Turnirning 8-turida o‘zbekistonlik shaxmatchilar Germaniyaga qarshi o‘yinda mezbonlar 1 g‘alaba, 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi (15,-2,5).
Dastlab Javohir Sindarov g‘alaba qozongandi, ammo keyin Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida yutqazishdi va Nodirbek Abdusattorovning durang natijasi ahamiyatga ega bo‘lmadi.
Bu O‘zbekistonning turnirdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha jamoa 7 turda 100 foizlik natija qayd etgan va turnir jadvalida yakkapeshqadam bo‘lib turgandi.