locale OZ

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSH ustidan muhim g‘alabaga erishdi

Vakillarimiz 9 turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston AQSH ustidan muhim g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images

Samarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 9-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqaning 1-raqamli saralangan jamoasi — AQSHni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba vakillarimizning chempionlik uchun kurashdagi mavqeini yanada mustahkamladi.

Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov dunyoning yetakchi grossmeysterlaridan biri Fabiano Karuana ustidan g‘alaba qozondi. Javohir Sindorov esa Uesli Soga imkoniyatni boy berdi. Muhiddin Madaminov va tajribali Levon Aronyan o‘rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi.

Uchrashuv taqdirini Nodirbek Yakubboevning g‘alabasi hal qildi. Hamyurtimiz Hans Nimanni mag‘lub etib, O‘zbekiston terma jamoasiga umumiy hisobda 2,5:1,5 ko‘rinishidagi muhim g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 9 turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Musobaqa yakuniga qadar yana ikki tur bahslari o‘tkaziladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting