Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov EWC 2026 bahslarini kuchli sakkizlikda yakunladi
Hamyurtimiz A guruhida ketma-ket 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gettyimages
Nodirbek Abdusattorov EWC 2026 bahslarini kuchli sakkizlikda yakunladi!
Hamyurtimiz A guruhida ketma-ket 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
⚔️Chorak finalda Denis Lazavikka qarshi o‘tkazilgan barcha 4 ta asosiy partiya durang (2–2) bilan yakun topdi. Hal qiluvchi Armageddon partiyasidagi g‘alaba esa raqibga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi (umumiy hisob: 3–2).
Grossmeysterimiz mazkur nufuzli turnirni kuchli sakkizlikda (Top-8) yakunlab, o‘z ishtiroki uchun 75 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 32 kun qoldi
Ibrohim Jalolov
Redaktor