Shaxmat. Magnus Karlsen Norway Chess’ni mag‘lubiyat bilan boshladi
Norway Chess turniri o‘zining “noodatiy” boshlanishi bilan shaxmat olamini hayratga soldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Kecha Norway Chess turniri o‘zining “noodatiy” boshlanishi bilan shaxmat olamini hayratga soldi. Alireza Firuzja o‘z faoliyatida ilk bor klassik shaxmat bahsida jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi!
Alireza turnirda jiddiy jarohat olgan oyog‘i bilan ishtirok etmoqda. O‘yinda noqulay holatda, oyog‘ini ko‘tarib o‘tirishi kerakligiga qaramay, bu uning o‘yin sifatiga mutlaqo ta’sir qilmadi.
Partiya uzoq vaqt tenglik ostida kechdi. Karlsen uchun hech qanday xavf sezilmayotgan edi, ammo e4 piyodasini raqibiga boy berganidan so‘ng, Magnus asabiylasha boshladi va ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Firuzja esa bu imkoniyatdan mohirona foydalandi.
Sizningcha, chempionlik kimga nasib etadi?
Ibrohim Jalolov
Redaktor