locale OZ

Shaxmat. Karlsen Speed Chess Championship finalida Firuzjani qanday yengib o‘tdi

SCC finalida Alireza Firuzjaning rejasi aniq edi: 5+1 va 3+1 segmentlarda hisobni ushlab turish, keyin esa bullet (1+1)da zarba berish.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Karlsen Speed Chess Championship finalida Firuzjani qanday yengib o‘tdi
photo: Chess Uzbekistan

SCC finalida Alireza Firuzjaning rejasi aniq edi: 5+1 va 3+1 segmentlarda hisobni ushlab turish, keyin esa bullet (1+1)da zarba berish.

3+1 nazoratidagi so‘nggi g‘alabadan keyin Alireza bullet bosqichiga 8:10 hisobida kirdi. Ammo aynan 1+1 segmentida vaziyat o‘zgardi — Karlsen nafaqat ustunlikni saqlab qoldi, balki uni yanada oshirdi. Yakuniy hisob norvegiyalik foydasiga 15:12 bilan yakunlandi .

Magnus o‘yindan keyin shunday dedi:

“Bu ajoyib edi. Men ishtirok etgan final matchlar ichida eng hayajonlisi bo‘ldi, deb o‘ylayman. Oxir-oqibat men uni shunchaki ‘chidab yengdim’ degan hissiyot bo‘ldi.Match o‘rtalarida hatto shunday o‘yladim: ‘Bu final shunchalik zavqli o‘tyaptiki, yutqazsam ham achinmayman’.

Ba’zi kunlar bo‘ladiki, o‘yinni to‘liq nazorat qilayotganingni his qilasan. Bu kun shunday emasdi. Alireza juda yaxshi o‘ynadi, uning uslubi juda murakkab.Men uchun bu ajoyib tajriba bo‘ldi.

Natijada Karlsen yana bir bor hal qiluvchi pallada tajriba va sovuqqonlik ustun kelishini ko‘rsatdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting