locale OZ

Shaxmat. Jahongir Vohidov — Abu Dabi xalqaro shaxmat festivali g‘olibi

BAA poytaxtida o‘z nihoyasiga yetgan nufuzli 32nd Abu Dhabi International Chess Festival musobaqasining Masters guruhida hamyurtimiz Jahongir Vohidov mutlaq chempion.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Jahongir Vohidov — Abu Dabi xalqaro shaxmat festivali g‘olibi
photo: Chess Uzbekistan

BAA poytaxtida o‘z nihoyasiga yetgan nufuzli 32nd Abu Dhabi International Chess Festival musobaqasining Masters guruhida hamyurtimiz Jahongir Vohidov mutlaq chempion.

Grossmeysterimiz 9 tur yakuniga ko‘ra 7.0 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi. Ushbu yorqin natija orqali u 1-o‘rin hamda 15 000 dollar miqdoridagi bosh sovrinni o‘zlashtirdi. Asosiy raqobatchilar, jumladan, rossiyalik Daniil Dubov (6.5 ochko) esa kuchli uchlikdan joy oldi.

Yakuniy natijalar va mukofotlar (Masters):
1-o'rin. Jahongir Vahidov — 7.0 ochko ($15 000)
2-o'rin. Daniil Dubov — 6.5 ochko ($10 000)
3-o'rin. Aleksandr Raxmanov — 6.5 ochko ($7 000)

Jahongir Vahidovni ushbu ajoyib xalqaro g‘alaba bilan chin dildan qutlaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting