locale OZ

Shaxmat. Gukesh va Sindarov: Jahon chempioni bo‘lajak match haqida gapirdi

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju Varshavadagi turnir oldidan bergan intervyusida hamyurtimiz Javohir Sindarov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Gukesh va Sindarov: Jahon chempioni bo‘lajak match haqida gapirdi
photo: Chess Uzbekistan

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju Varshavadagi turnir oldidan bergan intervyusida hamyurtimiz Javohir Sindarov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Intervyuning asosiy nuqtalari:

Nomzodlar turniri haqida:

"Javohir Nomzodlar turnirida erishgan natija shunchaki hayratlanarli va o‘ta dominant. U o‘tgan yili Jahon Kubogini yutib, o‘zining qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatgan edi. Uning elitaga olib kirgan yangi energiyasi shaxmat olami uchun juda foydali."



Bo‘lajak Jahon chempionligi bahsi haqida:

"Javohir va men deyarli tengdoshmiz. Nomzodlar turniri va Jahon chempionligi uchun match bu butunlay boshqa-boshqa musobaqalar. Shuning uchun hozirgi natijalardan uzoq muddatli xulosa chiqarmagan bo‘lardim. Oldinda bizni juda hayajonli bahs kutmoqda."



Favorit kim?

"Odatdagidek, men favoritlarga ishonmayman. Kim o‘sha belgilangan kunda o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Mening maqsadim bor mahoratimni ko‘rsatish."

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting