Shaxmat. FIDE Circuit reyting tizimidagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
Ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan jahon chempionlik tizimiga yana bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Bu safar yangiliklar FIDE Circuit orqali saralash tizimiga taalluqli:
FIDE Circuit endi avvalgidek bir yilni emas, ikki yilni qamrab oladi
Umumiy hisobga shaxmatchining 12 ta eng yaxshi natijasi kiritiladi
Open-turnirlar uchun alohida sikl joriy etiladi — bu orqali Total World Chess Championship Tour turnirlariga yo‘llanma olish mumkin bo‘ladi
Turnir kuchini hisoblash tizimi yangilanadi
FIDE Circuit Total Chess World Championship Tour dasturiga kiritiladi
Rapid va blits turnirlar uchun ishtirok talablari kengaytiriladi
Jahon chempionligi uchun bahsga oid bonus ochkolarni hisoblash tizimi qayta ko‘rib chiqiladi}
Ikki yillik sikl qanday ishlaydi?
Birinchi marta FIDE Circuit ikki yil davomida yuritiladi. Endi yillik reyting o‘rniga, 2026 va 2027 yillardagi natijalar bitta umumiy reytingga jamlanadi.
Shaxmatchining yakuniy ochkosi — ikki yil davomida qo‘lga kiritilgan 12 ta eng yuqori natijaning yig‘indisi bo‘ladi (agar 12 tadan kam bo‘lsa — mavjud natijalar hisoblanadi).
Yakuniy hisob turnirlar portfelining keng va raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash uchun qo‘shimcha qoidalar joriy etildi:
- 11 yoki 12 natija bo‘lsa, ko‘pi bilan 4 ta rapid/blits turniri hisobga olinadi
- 11 natijada — maksimal 7 ta, 12 natijada — 8 ta turnir 50 ishtirokchidan kam bo‘lgan musobaqalardan bo‘lishi mumkin
Circuit orqali Nomzodlar turniri 2028ga yo‘llanma olish uchun:
- kamida 8 ta mos turnir natijasi bo‘lishi kerak
- shundan kamida 5 tasi klassik formatda bo‘lishi shart
- ayrim turnirlar kamida 50 ishtirokchiga ega bo‘lishi talab etiladi
- 0 ochkolik natijalar ham ishtirok talablari uchun hisobga olinishi mumkin
Rapid va blits turnirlari
Rapid va blits turnirlar uchun minimal o‘rtacha reyting talabi - 2700 dan 2650 ga tushirildi
Biroq bu formatlar kamaytirilgan koeffitsiyent bilan hisoblashda davom etiladi.
Jahon chempionligi bahsi bonuslari
Jahon chempionligi bahsida mag‘lub bo‘lgan finalchi uchun bonus ochkolar kamaytirildi — koeffitsiyent 1,5 etib belgilandi. Bu umumiy Circuit balansini yaxshilashga qaratilgan.
Arkadiy Dvorkovich (FIDE prezidenti):
“FIDE uchun barcha darajadagi grossmeysterlar uchun teng raqobat imkoniyatlarini yaratish juda muhim. Yangi FIDE Open Circuit barcha grossmeysterlarga eng nufuzli turnirlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olish imkonini beradi.
2026-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra Open Circuit’ning TOP-3 o‘yinchisi 2026-yilgi Total Chess pilot turniriga yo‘llanadi.
2027-yil 1-yanvar holatidagi TOP-2 esa 2027-yilgi turnirning birinchi bosqichiga yo‘l oladi.”
FIDE Circuit rasmiy reytinglari 2026–2027 yillar davomida har hafta yangilanib boriladi.