Shaxmat bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional ta’lim ligasi” musobaqalarining final bosqichi o'tkazildi
Musobaqalarda eng kuchli ishtirokchilar o‘zaro dona surib, murosasiz va qiziqarli bahslarda mahoratlarini namoyon etdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: tashcitysport
Shaxmat bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional ta’lim ligasi” musobaqalarining final bosqichi o'tkazildi.
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash va strategik tafakkurini rivojlantirish maqsadida akademik litsey hamda professional ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional ta’lim ligasi” musobaqalarining final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqalarda eng kuchli ishtirokchilar o‘zaro dona surib, murosasiz va qiziqarli bahslarda mahoratlarini namoyon etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor