Shaxmat. Bibisara Asaubayeva —WR Women's Chess Tour: Europe Leg Rapid chempioni
Musobaqa bugun, 26-avgust kuni Blits yo‘nalishidagi bahslar bilan davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: gettyimages
Fransiyaning Sen-Trope shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli WR Women's Chess Tour 2026 — Europe Leg turnirining rapid bahslarida qozog‘istonlik Bibisara Asaubayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Final to‘qnashuvida u ukrainalik kuchli grossmeyster Mariya Muzichuk ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, bosh sovrin va 7 000 dollar mukofot puliga ega chiqdi.
Ishtirokchilar tarkibi: Hampi Koneru (Hindiston), Bibisara Asaubayeva (Qozog‘iston), Mariya Muzichuk (Ukraina), Anna Muzichuk (Ukraina), Nino Batsiashvili (Gruziya), Elizabet Petts (Germaniya), Elin Robers (Niderlandiya), Deymante Daulite-Kornet (Fransiya).
Musobaqa bugun, 26-avgust kuni Blits yo‘nalishidagi bahslar bilan davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor