locale OZ

Shashkachilar jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘ldi

24 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shashkachilar jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘ldi
Фото: Спорт вазирлиги

Sportning 100 va 64 katakli shashka turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

24 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqa natijasiga ko‘ra yurtdoshlarimiz umumiy hisobda 4 ta oltin, 14 ta kumush, 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, Nigina Bozorova, Ramazon Xudoynazarov, Ozodbek O‘rmonaliyevlar "Xalqaro grossmeyster" unvoni talabini bajardilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting