Sharifa Davronova jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etadi
U Tokio shahrida o'tayotgan jahon chempionatida ishtirokini boshlaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova bugun Tokio shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida ishtirokini boshlaydi. Hamyurtimiz bugun kechki dasturda uch hatlab sakrash sektorida saralash bosqichida qatnashadi.
Afsuski, kecha uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvar Anvarov berilgan uch imkoniyatdan foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqada qatnashadigan sportchilar ro‘yxati:
Marafon: Shohruh Davlatov
Balandlikka sakrash: Safina Sadullaeva
Uzunlikka sakrash: Anvar Anvarov
Uch hatlab sakrash: Sharifa Davronova
Yadro uloqtirish: Malika Nasriddinova
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist