locale OZ

Shara Bullet: «Bogdan Guskovda chempion boʻlish uchun barcha imkoniyatlar mavjud»

Mashhur UFC jangchisi oʻzbekistonlik sportchi haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shara Bullet: «Bogdan Guskovda chempion boʻlish uchun barcha imkoniyatlar mavjud»
FOTO: Getty Images

Rossiyalik UFC jangchisi Sharabutdin Magomedov (Shara Bullet) yarimog‘ir vaznda (93 kg gacha) kurashayotgan o‘zbekistonlik Bogdan Guskovning tashkilot chempioniga aylanishi mumkinligini aytdi.

«Durrang – yaxshi natija, bu mag‘lubiyat emas. Endi Yan Blahovich bilan voqeani davom ettirish imkoniyati bor. O‘ylaymanki, bizni qiziqarli revansh kutmoqda, men uni intiqlik bilan kutyapman.

Yan – juda kuchli jangchi, ilgari uni diqqat bilan kuzatganman, uning janglari yoqardi. Lekin bu safar men Bogdanni qo‘llab-quvvatlayman, u o‘zini ko‘rsatishi kerak. Unda yarimog‘ir vaznda chempion bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud», — deydi Magomedov.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting