Shamsiddin Qurbonov Universiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi
Reyn-Rur–2025 musobaqasida taekvondochimiz sovrindorlar safidan joy oldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir medalga ega bo‘ldi. Taekvondo bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shamsiddin Qurbonov -58 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qurbonov saralash bosqichlarida Pokiston, Turkiya va Yaponiya vakillarini mag‘lub etdi. Ammo yarim finalda tailandlik Sirovit Mahamadga yutqazib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu bilan terma jamoamiz hisobidagi medallar soni 7 taga yetdi: 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza.
Bakradze Iman
Redaktor