locale OZ

Sen engil vaznda hech kimsan: Islam Maxachev Topuriyagа keskin javob qaytardi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC chempioni Islam Maxachev Iliya Topuriyaning tanqidlariga qat’iy javob berdi. Avvalroq Topuriya Maxachevni kibrlilikda ayblagandi.

“Men bilan sening farqing shundaki: men o‘z divizionimdagi eng kuchli jangchilarni mag‘lub etdim va shundan keyin vazn toifasini o‘zgartirdim. Sen esa yarim engil vaznda besh yoki to‘qqizta g‘alaba qozongan ikki asosiy da’vogardan qochib, yurishni afzal ko‘rding.

Sen engil vaznda hech kimsan. Ispaniyadan chiqqan, yaxshi soch turmagi va katta og‘zi bilan tanilgan jangchisan, xolos. Hech bo‘lmaganda bir marta g‘alaba qozon, shunda sen bilan gaplashamiz, bolakay”, — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting