Saydathon Nuriddinov Octagon 75 turnirida oktagonga qaytadi
Toshkentdagi turnirda u qirg‘izistonlik Altinbek Ashimbekovga qarshi jang qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Ma’lumki, 6 iyul kuni Toshkentda MMA bo‘yicha Octagon 75 turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqa doirasida yarim o‘rta vazn toifasida sobiq chempionlik da’vogari Saydathon Nuriddinov oktagonga qaytishi kutilmoqda.
Uning raqibi — qirg‘izistonlik Altinbek Ashimbekov bo‘ladi. Jang 3 raunddan iborat bo‘ladi va yarim o‘rta vazn toifasida o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Nuriddinov professional faoliyati davomida 10 ta jang o‘tkazgan. U shulardan 7 tasida g‘alaba qozongan, 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Ashimbekov esa 5 ta jang o‘tkazib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Bakradze Iman
Redaktor